Ushbu kurslar arab tili grammatikasi - arab tilida yozishni, o'qishni va qoidalarni o'zlashtirishga mo'ljallangan bo'lib, bunda sizga malakali o'qituvchilar hamrohlik qilishadi.
Ingliz tili kurslari 4 ta bosqich va IELTS kurslaridan iborat:
1-bosqich: Beginner va Elementary kurslari
2-bosqich: Pre-intermediate va Intermediate kurslari
3-bosqich: Upper-Intermediate kursi
4-bosqich: Advanced kurslaridir
Ta’lim muassasamiz tomonidan taklif etilayotgan rus tili
kurslari yozma va og‘zaki nutq qoidalarini o‘zlatirishingizga yordam beradi. Ushbu kurslar uch bosqichdan iborat bo‘lib, ular:
-Boshlang‘ich;
- O‘rta;
- Yuqori bosqichlardir.
O‘quv kursi davomiyligi 6 oydan iborat.
Arxitektura va interyer loyihalash kursi tinglovchilarni mutaxassislikka tayyorlash jarayonida dizayn-loyihalarni tuzish metodikasi, uning tizimi, loyiha normativlariga tayanib ish yuritish va loyihani amalga tadbiq qilish usullari o‘rgatiladi.
Bu kurs kompyuter dasturlashtirish yo‘nalishi tinglovchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda kompyuter dasturlashtirishga oid bilimlarni shakllantirishga qaratilgan
Maktabgacha ta’lim darslari Pre-school classes «Grand Ta’lim bolajon» dasturi 2018-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Dastur 4 yoshdan 7yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy salohiyatlari-intellektlarini rivojlantirishga, zehni, xotirasi va dunyoqarashini shakllantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan ingliz va arab tillaridan boshlang‘ich alifboni ta’lim berish dasturi ham ishlamoqda.