Grand Ta’lim nodavlat ta’lim muassasasi (NTM) o‘z faoliyatini rasman 2008 yil noyabr oyida Semurg‘ Media mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida o‘quv markaz sifatida tashkil etilgan. 2011 yil Vazirlar Mahkamasini qaroriga asosan Grand Ta’lim nodavlat ta’lim muassasasi sifatida tashkil etildi. O‘quv markazini tashkil etishdan asosiy maqsad yurtimiz fuqarolarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yishdan iborat. 15 xil yo‘nalishda ta’lim beruvchi muassasamiz nafaqat yoshlar, balki ilm olish istagida bo‘lgan turli yoshdagi insonlar uchun ham o‘z xizmatlarini taqdim etadi.
Ta`lim muassasamizda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha darslar o‘tiladi: Ingliz tili, arab tili, xitoy tili, rus tili, ona tili va adabiyot, tarix, kompyuter savodxonligi, tikuv buyumlari texnologiyalari, kosmetika. Darslar oliy toifali malakali ustozlar tomonidan olib boriladi.
Bizning boshqa o'quv markazlardan farqimiz nimada ?
«GRAND TA’LIM» NTM o‘z oldiga ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribalar asosida o‘qitishning innovatsion shakllarini joriy qilish, ta’lim jarayoniga yuqori malakali pedagoglarni va xorijiy o‘qituvchi mutaxassislarni jalb qilish, viloyat markazlarida va boshqa hududlarda ham filiallar tashkil etish bo‘yicha bir qancha vazifalarni maqsad qilgan va qator loyihalar bo‘yicha ish olib bormoqda. Chunki “xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat fuqarolarning sifatli ta’lim olishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishini ko‘rsatmoqda”.
Shuningdek, ta’lim muassasasi qoshida Anvar Ahmad, Abdulazim Abdulqodir va Soyibjon Jo‘rayev kabi o‘qituvchilarimiz tomonidan alifbo, boshlang‘ich hamda yuqori bosqich uchun mo‘ljallangan grammatikaga oid o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar va kitoblar nashrga tayyorlanib, chop etildi.
Bizda 10 dan ortiq yo'nalishlar mavjud bo'lib, ularning barchasi yuqori darajada tashkil etilgan.
Ushbu kurslar arab tili grammatikasi - arab tilida yozishni, o'qishni va qoidalarni o'zlashtirishga mo'ljallangan bo'lib, bunda sizga malakali o'qituvchilar hamrohlik qilishadi.
Ingliz tili kurslari 4 ta bosqich va IELTS kurslaridan iborat.Barcha kurslar tajribali va talabchan o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasamiz tomonidan taklif etilayotgan rus tili kurslari yozma va og‘zaki nutq qoidalarini o‘zlatirishingizga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim darslari Pre-school classes «Grand Ta’lim bolajon» dasturi 2018-yildan o‘z faoliyatini boshlagan.Dastur 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy salohiyatlari-intellektlarini rivojlantirish va shunga o'xshash ko'plab oliy maqsadlarga ega.
Arxitektura va interyer loyihalash kursi tinglovchilarni mutaxassislikka tayyorlash jarayonida dizayn-loyihalarni tuzish metodikasi, uning tizimi, loyiha normativlariga tayanib ish yuritish va loyihani amalga tadbiq qilish usullari o‘rgatiladi.
Tinglovchilarni, bugungi kunning zamon talablaridan biri bo‘lmish,kompyuter dasturlashtirishga oid bilim va ko‘nikmalar bilan tanishtirish, ularda dastlabki va yetuk bilimlar bilan shakllantirishdan iborat.